Madrasalarda qabul imtihonlarini oʻtkazish kunlari belgilandi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalarida qabul imtihonlari Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilishi belgilangan.

Foto: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Taʼlim va ilmiy-tadqiqot boʻlimi maʼlum qilishicha, testlar quyidagi hududlardagi ochiq maydonlarda oʻtkaziladi:

– “Muhammad al-Beruniy” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Turon” markaziy stadioni – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri;

– “Sayyid Muhyiddin maxdum” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi asosiy stadioni 1A-binosida – Andijon shahar, 3-kichik daha, Mashrab koʻchasi;

– “Hidoya” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Navbahor-umid stadioni – Namangan shahri, 5-kichik tuman;

– “Xoja Buxoriy” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Nasaf” futbol klubi mashgʻulotlar maydoni – Qarshi shahar, Mustaqillik shoh koʻchasi 5-uy;

– “Mir Arab” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Buxoro sport majmuasi stadioni – Buxoro shahar, Ibrohim Moʻminov koʻchasi 9-uy, “Dilkusho” tennis stadioni – Buxoro shahar, Islom Karimov koʻchasi 24-uy;

– “Joʻybori Kalon” ayol-qizlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Buxoro sport majmuasi stadioni – Buxoro shahar, Ibrohim Moʻminov koʻchasi 9-uy, “Dilkusho” tennis stadioni – Buxoro shahar, Islom Karimov koʻchasi 24-uy;

– “Faxriddin ar-Roziy” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Xorazm sport majmuasi – Urganch shahar, Baynalmilal koʻchasi 18-uy;

– “Imom Termiziy” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Surxon” sport majmuasi zaxira futbol maydoni – Termiz shahri, A.Navoiy koʻchasi, 43-B uy;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan taʼlim muassasalari boʻyicha test sinovlari 2020-yil 16-sentyabr kuni soat 17:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari oʻtkaziladigan hududlarga soat 15:30 da pasport va DTM ruxsatnomasi bilan kelishlari talab etiladi.

— “Koʻkaldosh” va “Xadichai Kubro” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Ashxabod” sayilgohi maydoni – Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Maxtumquli koʻchasi.

Mazkur taʼlim muassasalari boʻyicha test sinovlari 2020-yil

17-sentabr kuni 1-smena boʻyicha soat 08:00 da, 2-smena boʻyicha 17:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari oʻtkaziladigan hududlarga soat 1-smena boʻyicha soat 06:00 da, 2-smena boʻyicha 15:00 da pasport va DTM ruxsatnomasi bilan kelishlari talab etiladi. Eslatib oʻtamiz, mazkur hujjatlardan biri boʻlmagan taqdirda, abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi. Shuningdek, abituriyentning qaysi smenada test sinovlari topshirishi DTM ruxsatnomasida koʻrsatib oʻtilgan.

Abituriyentlar karantin talablaridan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda test sinovlariga kiritiladi:

– dizenfeksiya tonnelidan oʻtkaziladi;

– tana harorati masofadan oʻlchash qurilmasi orqali oʻlchanadi;

– tibbiy niqob va qoʻlqop bilan taʼminlanadi.

Xabarda aytilishicha, DTM ruxsatnomasini qay tartibda olish boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog