Foto: Billboard

Madonna Britni Spirsni otasining “qamogʻi”dan chiqarishga vaʼda berdi

Amerikalik qoʻshiqchi Madonna pop yulduzi Britni Spirsni qoʻllab-quvvatlab, Jeymi Spirsni qiziga gʻamxoʻrligini “qamoq” deb atadi. Bu haqda Madonna oʻzining Instagram storisida xabar qildi.

“Bu ayolga hayotini qaytarib bering. Qullik anchadan buyon bekor qilingan! Asrlar davomida ayollarga buni qilgan ochkoʻz patriarxiyaga oʻlim. Bu inson huquqlarining buzilishi! Britni, biz seni qamoqdan chiqaramiz“, — deya vaʼda bergan Madonna “Britni Spirs“ yozuvi tushirilgan futbolkadagi surati ostida.

Britni Spirs 2008-yildan beri ajralish oqibatida ruhiy tushkunlikka tushgani tufayli otasining qaramogʻida qolmoqda. 2021-yil 23-iyun kuni pop yulduzi sudda Jeymi Spirsning boshqaruvini haddan tashqari suiisteʼmol qilganligi sababli uni nazoratdan ozod qilishni soʻrab iltimos qildi. Shunday qilib, qoʻshiqchi otasi unga farzand koʻrishni, turmush qurishni taqiqlaganini, shuningdek, uning xohishiga qarshi konsertlar oʻtkazishga majbur qilganini aytdi. Qoʻshiqchining koʻplab muxlislari, doʻstlari va hamkasblari Britnini qoʻllab-quvvatlashlarini bildirishdi.

Britni Spirs va Madonna bir necha bor hamkorlik qilgan. Xonandalar 2003-yilda chiqarilgan “In the Zone” toʻrtinchi studiya albomidan “Me Against the Music” birinchi singlini birgalikda yozishgan. Oʻsha yili Spirs va Madonna MTV-da Kristina Agilera bilan chiqish qilgan.

Latest from Blog