Lukashenkoni koʻplab davlatlar tan olmadi

Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiya marosimi 23-sentabr kuni boʻlib oʻtdi, lekin telekanallarda namoyish etilmadi. Unda Polsha, Germaniya, Slovakiya, Latviya, Litva, Estoniya, Chexiya va Daniya Lukashenkoni qonuniy davlat rahbari sifatida tan olinmaganligini eʼlon qildi. Bu haqda “Rambler.ru” sayti xabar berdi.

autonews.ru

Maʼlumot uchun, Belorus Prezidenti Aleksandr Lukashenko inauguratsiya marosimini yashirincha oʻtkazdi, shundan soʻng muxolifat ommaviy miting eʼlon qildi va kecha soat 18.00 da voqea boshlandi. Miting arafasida namoyishchilarni tarqatish uchun qoʻshimcha kuchlari Minsk markaziga keldi.

Minskdagi xavfsizlik xizmati xodimlari namoyishchilarni tarqatish uchun suv purkagichlarni harakatga keltirdi, deb yozadi TASS.

Guvohlarning videoyozuvlariga koʻra, namoyishchilarga suv purkagichdan toʻq sariq rangli suyuqlik quyilayotgani aks etgan. “Nexta” telegram kanaliga koʻra, namoyishlarda kamida bir necha kishi jiddiy kaltaklangan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog