Foto: ABC

Lukashenko vakolatlarning bir qismi yaqinda parlament va hukumatga oʻtkazilishini eʼlon qildi

/

Belorussiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat rahbarining 70-80% vakolatlari parlament va hukumatga oʻtkazilishi mumkinligini maʼlum qildi. Bu haqda u dushanba kuni vazirlar bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.

Lukashenko, xususan, vakolatlarining bir qismini parlament va hukumatga oʻtkazish uchun amaldagi Konstitutsiyani “buzish” ni maqsadga muvofiq deb hisoblamasligini aytdi.

U yangi mexanizmni taklif qildi, unga koʻra hukumat qonun loyihalarini ishlab chiqadi, parlament ularni muhokama qiladi va qabul qiladi. Soʻngra ularni imzolash uchun prezidentga taqdim etadi, deb xabar berdi BelTA axborot agentligi.

Lukashenko vakolatlarni qayta taqsimlash masalasi shu yil oxirida — kelasi yilning boshida hal qilinishini vaʼda qildi.

Belorussiya oppozitsiyasi noqonuniy saylovlar va yashirin inauguratsiyadan keyin Lukashenko bilan har qanday konstitutsiyaviy oʻzgartirishlarni muhokama qilishdan bosh tortdi va uning hokimiyatdan ketishini talab qildi. Oppozitsiyachilar tinch namoyishchilarga qarshi katta repressiyalar uchun Lukashenkoning shaxsiy javobgarligini talab qilmoqdalar.

Latest from Blog