Lotinchaga oʻtsak ham rus tilini unutib qoʻymaymiz – Nazarboyev


Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat lotin alifbosiga oʻtgach, rus tilini unutib qoʻymasligini maʼlum qilgan, deb xabar qildi RIA Novosti axborot agentligiga Rossiyadagi Qozogʻiston elchixonasi matbuot-xizmati.

«Men turli xavfsirashlarni eshityapman. Lekin biz kiril alifbosidan uzoqlashmaymiz. Biz rus madaniyatini va rus tilini unutmaymiz. Rus tili orqali biz jahon madaniyatini oʻrgandik va u hamisha biz bilan qoladi. Bizning qoʻshnimiz hamisha yonimizda, va biz u bilan har doim hamkorlik qilamiz», — deb taʼkidlagan Nazarboyev Janubiy Qozogʻiston viloyatiga tashrifi davomida.

Nashr xabariga koʻra, chorshanba kuni Nazarboyev matbuot-xizmati mamlakat prezidenti ingliz tilini faol oʻrganishga daʼvat qilgani haqida xabar tarqatgan. Nazarboyev oʻzining bu chaqirigʻini respublikada uchta tilni joriy qilish muhimligi bilan izohlagan.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyi oʻrtalarida Nazarboyev hukumatga qozoq tilini lotin alifbosiga oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish topshirigʻini bergan edi. «Mustaqil Qozogʻiston» nashrida yozgan maqolasida Nazarboyev, 2012 yilda «Qozogʻiston 2050» strategiyasida u 2025 yilda lotin alifbosiga oʻtish rejalari haqida maʼlum qilganini eslatib oʻtgan.

Ayni vaqtda qozoq jamoatchiligi lotin alifbosiga oʻtish zarurati yuzasidan qizgʻin muzokaralar olib bormoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar