Foto: instagram.com / @lola_tillyaeva

Lola Karimova: Hech qachon uchratmagan, bilmagan, sizga begona boʻlgan insonlarning hayotini yuragingizga bunchalik yaqin olmasligingizni soʻrayman

Kuni kecha bloger Amiran Sardarov hamda Maryam Tillyayevaning Instagramda tarqalgam surati boʻyicha Lola Karimova Tillyayeva izoh bildirdi. Bu haqda Tillyayeva oʻzining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Men sizlardan tinchlanib, hech qachon uchratmagan, bilmagan, sizga begona boʻlgan insonlarning hayotini yuragingizga bunchalik yaqin olmasligingizni soʻrayman.

Toʻgʻri, sizlar otam Birinchi Prezident Islom Karimovni xotirlab, uni hurmat qilasizlar va otam bunday xotira va hurmatga loyiq insonlar. Ular butun umrlarini xalqlariga bagʻishlagan edilar. Birinchi Prezidentning farzandlari, nabiralari va boshqa qarindoshlari uning xalq oldidagi xizmatlariga mutlaqo aloqalari yoʻqdir, va Birinchi Prezidentning ham ularning hayotiga aloqasi yoʻqdir, ular hayotdan koʻz yumganlariga besh yil boʻldi. Islom Karimov bu juda katta nom, va uning avlodlari oʻzining yaxshi va yomon xislatlariga ega boʻlgan shunchaki oddiy insonlar va har biri oʻz hayoti bilan yashaydi. Ularning hayotlari faqat ularning oʻzlarigagina tegishlidir — ular yaxshi ish qiladilarmi yoki yomon ish qiladilarmi, sharmanda boʻladilarmi yoki oʻzlarini munosib ravishda tutadilarmi — bu faqat ularning ishlari va huquqlaridir, va buning uchun faqat oʻzlarigina javob beradilar. Men bu va u dunyoda har birimiz Alloh oldida qilgan amallarimiz uchun javob berishimizga ishonaman. Shuning uchun, kelin har bir inson qilgan ishlari uchun unga Yaratganning Oʻzi hukm chiqarsin, ular qanday oʻzlarini tutishlaridan va kim boʻlishlaridan qatʼiy nazar.

Mening qizim Maryam 22 yoshda va u butun ongli hayotini chet elda oʻtkazgan, va har bir inson kabi hayot toʻgʻrisida uning oʻz tushunchalari bor — nima mumkin-u, nima mumkin emas, nima chiroyli-yu nima jirkanch. Har bir inson kabi u oʻz hayoti va amallari uchun oʻzi javob beradi, va u qilgan ishlar faqat uni oʻzining hayotigagina taʼsir koʻrsatadi.

Men onasi sifatida uni maʼqullashim yoki maʼqullamasligim mumkin — bu mening ishim, ammo u oʻzini qanday tutishi uchun butun masʼuliyat faqat uni oʻzining zimmasida yotadi. Bunga Prezident Karimovning aloqasi yoʻqdir. Karimov — oʻzining butun borligʻini oʻz ishiga bagʻishlagan inson edi. U faqat oʻz xalqi haqidagi fikrlar bilan hayot kechirgan. U oʻz xalqining manfaatlarini oʻzining shaxsiy yoki oilasining manfaatlaridan ustun qoʻygan inson edi. Va shu tufayli, bu inson uni uning oʻzi qilgan ishlari asosida xotirlab, hukm chiqarishlariga munosib. Uning farzandlari va nabiralari qilgan ishlarni bunga aloqasi yoʻqdir.

Agar qizim shunchalik jigʻingizga tegayotgan boʻlsa, unda unga qaramang. Siz oʻzingiz yoqtirgan amallar, sizga quvonch olib keladigan ishlar bilan shugʻullaning. Oʻzga insonning hayotidan jahlingiz chiqib, uni qoralash va gʻiybatlashishdan koʻra muhimroq narsa nahotki boʻlmasa?”.

0015 Maryam Till

Islom Karimovning Amerikada yashayotgan nabirasi Maryam Tillayeva va uning turmush oʻrtogʻi Amiran Sardarovning birga tushgan ochiq surati keskin muhokamalarni keltirib chiqardi. Maryam ichki kiyimsiz ekani koʻringan rasmni Amiran oʻzining Instagramʼdagi sahifasiga joylagan. Keyinroq bloger suratni ijtimoiy tarmoqdan oʻchirib, barchadan uzr soʻrab chiqdi.

Latest from Blog