Lola Karimova “The Harmonist” loyihasi reklamasida suratga tushdi

Kuni kecha Kann shahrida fransiyalik mashhur rejissyor Bruno Avelyan tomonidan “The Harmonist” («Garmonist») parfyumeriya brendi uchun yaratilgan reklama kampaniyasining ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi. Reklama roligida Lola Karimova-Tillayeva suratga tushdi.

“The Harmonist” loyihasida ishtirokim orqali men o‘z ijodiy salohiyatimni rivojlantirish hamda hayotiy falsafamni namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldim, – deydi Lola Karimova. Ushbu yangi brend konseptsiyasini yaratishda qadimgi Xitoy falsafasi – odam va olam uyg‘unligini targ‘ib etuvchi Fen Shuy ta’limotidan ilhomlandim. Darhaqiqat, inson umri – uning ichki dunyosi in’ikosidir; har bir inson avvalo o‘zini o‘zgartiribgina atrof-muhitini o‘zgartira oladi. “The Harmonist” brendi zamiridagi falsafa ham aslida shu.

“The Harmonist” brendi dunyodagi eng yaxshi tabiiy komponentlar yordamida Fransiyada yaratilgan 10 xil nafis va hushbo‘y atirlarni havola etadi. Ular In va Yan, ya’ni qarama qarshi qutbdagi kuchlar uyg‘unligini, bir so‘z bilan aytganda, muvozanat falsafasini ifoda etadi.

“The Harmonist” ning atirlari borliqning mo‘’jizakor besh unsuri – olov, tuproq, ma’dan, suv va yog‘ochni ifoda etadi. Insonning xush iforlarga burkangani ko‘rkam libos kiygani bilan barobar. Har bir xush ifor bizni o‘zi mansub bo‘lgan auraga chorlaydi. “The Harmonist” – inson ruhiyati va fe’l-atvorining o‘ziga xosliklarini inobatga olgan holda yaratilgan atirlarni taqdim etuvchi ilk brend. Inson o‘z ta’biga mos iforni tanlab, vujud musaffoligi, ko‘ngil ravshanligini his etadi. Kishining ruhiyati va fe’l-atvoriga mos bo‘lgan iforni tanlash uchun maxsus algoritm ishlab chiqildi. Bu haqda www.theharmonist.com saytida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

“The Harmonist” brendining ilk do‘konlari 2016-yilda Parij va Los-Anjeles shaharlarida ish boshladi.

Latest from Blog