/

Liviyada fuqarolar urushining ikkala tomoni yagona hukumatni tasdiqlashdi

Foto: Getty Images

To‘xtamayotgan moliyaviy va iqtisodiy inqiroz tufayli Livan funti 2019-yil dekabridan buyon 85 foizga qadrsizlandi. Hukumat o‘tgan yil avgustida, Bayrut portidagi portlashdan keyin iste’foga chiqqandi, shu vaqtgacha yangi hukumat shakllantirilmadi.

Armiya bosh qo‘mondoni Jozef Aun dushanba kuni siyosatchilarni ogohlantirib, inqiroz qurolli kuchlar mavjudligini xavf ostiga qo‘yganini aytdi.

«Askarlar ham och qolishmoqda, xuddi xalq kabi. Ularga armiya kerakmi o‘zi? Sizlar armiya mustahkam oyoqda turishini xohlaysizmi yoki yo‘q? Ularga baribir ekan», degan general dushanba kungi matbuot anjumanida.

Namoyishchilar poytaxt yo‘llarida va undan tashqarida barrikadalar qurishda davom etmoqda.

General Aun o‘z g‘azabi kimlarga qaratilganiga aniqlik kiritmagan.

Bir kun oldinroq mamlakat prezidenti Mishel Aun shoshilinch yig‘ilish chaqirib, kuch ishlatar tuzilmalardan muxolifat aksiyalari vaqtida poytaxtdagi yo‘llar to‘sib qo‘yilishiga yo‘l qo‘maslikni talab qilgandi.

Harbiylar to‘g‘ridan to‘g‘ri prezidentga qarshi borishmayapti. Ammo Reuters agentligi manbasining aytishicha, prezidentning talabi u va bosh qo‘mondon o‘rtasida nizo keltirib chiqargan.

Dushanba kuni Jozef Aun siyosatchilarni uchinchi yil davom etayotgan inqirozdan chiqish yo‘lini topishga chaqirdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog