“Liverpul” Kataloniyaning “Barselona” klubi yarimhimoyachisi Usmon Dembelega boʻlgan qiziqishini yoʻqotmagan. 23 yoshli fransuzga “qizillar” bosh murabbiyi Yurgen Kloppning shaxsan oʻzi qiziqmoqda, deb yozadi “Diario Sport” nashri.

Maʼlumot uchun, “Liverpul” Dembeleni bir mavsumga ijaraga olish borasida “Barselona”ga soʻrov yubordi. “Mersisayd” klubi yarimhimoyachining maoshini va kataloniyaliklarga ijara pulini toʻlashga tayyor. “Barselona” hozircha soʻrovga javob bermadi.