Foto: en.psg.fr

Lionel Messi “PSJ” jamoasiga oʻtdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi, “Barselona”ning sobiq oʻyinchisi Lionel Messi Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” jamoasi bilan shartnoma imzoladi, deya xabar qildi klub rasmiy sayti.

Seshanba, 10-avgust kuni 34 yoshli futbolchi Fransiya poytaxtiga uchib bordi va tibbiy koʻrikdan oʻtganidan soʻng Parij klubining rasmiy oʻyinchisiga aylandi. Shartnoma yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yilga imzolandi.

Oʻtgan haftada “Barselona” “moliyaviy va tuzilmaviy” toʻsiqlar sababli Messi bilan shartnoma muddatini uzaytira olmagan edi. Olti karra “Oltin toʻp” sohibi 21 yillik faoliyatdan soʻng jamoani tark etdi.

Latest from Blog