Linkin Park guruhi solistini xotirlab muxlislar AQShning Toshkentdagi elchixonasiga yig‘ilishdi

Kecha, 27-iyul kuni o‘zbekistonlik Linkin Park guruhi muxlislari AQSh elchixonasida yig‘ilishdi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: AQShning Toshkentdagi Elchixonasi matbuot xizmati

Muxlislar 20-iyun kuni AQShda vafot etgan Linkin Park guruhi solisti Chester Benningtonni xotirlashdi. Yig‘ilganlar guruhning eng mashhur qo‘shiqlarini birgalikda xirgoyi qilib, Chester Benningtonni yodga olishdi.

Bugun amerikalik mashhur musiqachi, “Linkin Park” guruhi marhum qo‘shiqchisi Chester Benningtonni xotirlash uchun AQSh elchixonasiga kelganlarga tashakkur bildiramiz. Biz bunday yaxshilik va mehribonlikni juda qadrlaymiz. Siz bilan yonma-yon turish men uchun ham sharaf bo‘ldi, – deydi AQSh elchixonasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Jon Braun.

Eslatib o‘tamiz, Amerikaning dunyoga mashhur Linkin Park rok-guruhi yakkahoni, 41 yoshli Chester Bennington 20-iyul kuni o‘z joniga qasd qildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar