Leo Bokeriya o‘zbekistonlik shifokorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi

2-iyun kuni Rossiya Federatsiyasining A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiyasi markazi direktori, akademik L.A.Bokeriya O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Sputnik Узбекистан

Tashrif davomida Leo Bokeriya Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filialida bo‘lib, bu yerdagi shifokorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ma’lumki, Shavkat Mirziyoyev ushbu shifoxona negizida Rossiya Federatsiyasining A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy-amaliy markazi filialini tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Joriy yildan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filialiga angiografiya tibbiyot uskunasi o‘rnatildi. Ushbu zamonaviy apparat yurak holatini chuqur o‘rganish barobarida, o‘pka arteriyasi bosimini ham mukammal tahlil qilish imkonini beradi. Bu bilan kardiojarrohlikda eng murakkab amaliyot hisoblanadigan qon tomirlarini stentlash jarrohlik amaliyoti, aorta koronar shuntlash amaliyoti o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Shu vaqtgacha Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filialida vazni 10 kilogrammdan kam bo‘lgan chaqaloqlarda kardiojarrohlik amaliyoti o‘tkazilmagan. Markaz filiali Xorazmda ish boshlashi xorijlik hamkasblar bilan birga shu yerning o‘zida bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda ham murakab yurak jarrohligini amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Bokeriyaning tashrifi davomida respublika kardiojarrohlari uchun mahorat darslari va kardiojarrohlikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan suhbatlar ham tashkil etildi.

Kardioxirurg o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda viloyatda yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir asoratli turlari bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik muolajalarini o‘tkazadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar