Le Pen Makronni g‘alaba bilan qutladi


Fransiyaning «Milliy front» partiyasi nomzodi Marin Le Pen Fransiya prezidentligi saylovining ikkinchi turidagi g‘alabasi bilan raqibi Emmanuel Makronni qutladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Le Pen o‘zining chiqishida Makronga qo‘ng‘iroq qilib uni g‘alaba bilab qutlagani va mamlakat boshqaruvida omad tilaganini aytdi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, endi partiya saylovoldi kompaniyasi iyun oyida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘radi.

Latest from Blog