Lavrov o‘zbekistonlik diplomatlarga mukofot topshirdi


Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosarlari Anvar Nosirov va Saidikrom Niyozxo‘jaevlarga Rossiya TIVning «Xalqaro hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun» faxriy nishonini topshirdi. Taqdirlash marosimi O‘zbekiston poytaxtida o‘tkazilgan MDH TIV kengashi yig‘ilishi yakunida bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston .

«Bugun men O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri ikki o‘rinbosarining o‘zaro hamkorligimizga qo‘shgan hissasini qayd etib o‘tishni istardim. Xalqaro hamkorlikga qo‘shgan hissalari uchun Anvar Jamoliddinovich Nosirov va Saidikrom Farhodovich Niyozxo‘jaevlarga vazirligimiz nishonini topshirmoqchiman», — dedi Lavrov taqdirlash marosimida.

Lavrov MDH TIVK yig‘ilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi yakunlanishi bilanoq o‘tkazilishida o‘ziga xos ramziylik mavjudligini e’tirof etdi, deyiladi xabarda.

«Biz o‘zbekistonlik do‘stlarimizning o‘zaro strategik hamkorlik, ittifoqchilikni chuqurlashtirishga intilishlarini sezib turibmiz va biz ham xuddi shu tarzda javob qaytaramiz. Ushbu maqsadlar prezidentlarimiz tomonidan yana bir bor tasdiqlandi», — dedi Rossiya TIV rahbari.

Lavrov Toshkentda bo‘lib o‘tgan MDH TIVK yig‘ilishini «keyingi vaqtdagi eng muvaffaqiyatli yig‘ilishlardan biri» deb e’tirof etishini bildirdi. «Moskva sammiti va vazirlarning bugungi uchrashuvida hal qilinishi lozim bo‘lgan barcha masalalar muvaffaqiyatli ravishda o‘z yechimini topdi», — dedi u.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar