Lavrov Ozarbayjon, Armaniston va Turkiyadagi hamkasblari bilan suhbatlashdi

Yakshanba kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ozarbayjon, Armaniston va Turkiyadagi hamkasblari bilan Togʻli Qorabogʻdagi mojarolarni telefon orqali muhokama qildi. Bu haqda “Vesti.ru” sayti xabar berdi.

Foto: Imag.one

Rossiya vaziri Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan suhbatda ertaroq sulh tuzish kerakligini taʼkidladi.

Avvalroq Lavrov Armaniston tashqi ishlar vaziri Zohrab Mnatsakanyanga Moskva bilan aloqani barqarorlashtirish uchun vositachilik xizmatlarini taklif qilgan edi.

Sergey Lavrov va uning turkiyalik hamkasbi Mevlut Chavushoʻgʻli sulh tuzishga kelishib olishdi va qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirishdi.

Rossiya YXHT Minsk guruhi hamraislari bilan hamkorlikda mintaqada tinchlikka erishishda yordam berishda davom etadi, deyiladi Rossiya TIV saytidagi bayonotda. Shuningdek, YXHT raisi Edi Rama mojaro tomonlarini zudlik bilan sulh tuzishga undadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog