Latviya sohillarida Rossiya suv osti kemalari aniqlandi


Latviya qurolli kuchlari mamlakat sohillarida Rossiyaning suv osti kemalarini aniqladi. Bu haqda Latviya milliy qurolli kuchlari 17-aprel kuni Twitter’da xabar berdi.

“16-aprel kuni 5,5 dengiz mili uzoqlikdagi masofada Latviyaning iqtisodiy hududida Rossiyaning ikkita “Kilo” klassli suv osti kemasi aniqlandi”, deyiladi bayonotda.

Korrespondent.net’ning xabar qilishicha, 2016-yilda Rossiya harbiy samolyot va kemalari Latviya chegarasiga 209 marta yaqinlashgan.

Latest from Blog