“Kunu tun odamlarning ishonchini qozonish haqida o‘ylardim” – Islom Karimov fondi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotiralari va eksklyuziv kadrlar bilan bo‘lishdi (+Video)

Islom Karimov fondi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Qashqadaryo viloyat partiya komitetining birinchi kotibi bo‘lib ishlagan davridagi shaxsiy xotiralari bilan Facebook orqali bo‘lishdi.

Islom Karimovning shaxsiy xotiralaridan:

“Qashqadaryo viloyatida xalq meni hushyor bo‘lib emas, qandaydir befarq qabul qildi. Mendan oldin shu vazifada ishlagan odamlardan biri qaysidir nojo‘ya ishlarga javobgarlikdan qo‘rqib, o‘z joniga qasd qildi. Boshqasini esa qamoqqa olishdi. Ba’zi odamlar “Yangi kelgan birinchi kotib huddi avvalgilaridek bo‘lsa kerak”, deb aytishdi. Mening xayolimda kunu tun birgina fikr bor edi: odamlarning ishonchini qozonish. Va men buni uddalaganimdan baxtiyorman. Men uch yil viloyat komiteti binosidagi xonada yashadim. Uch yil tarki dunyolikda o‘tdi. Deyarli kunu tun ishladim. Kamtarlik bo‘lmasa ham aytaman: nimadirlar qilishga erishdim. 300 km yo‘l qurildi, bozorlar, choyxonalar va boshqa maishiy xizmat obyektlari. Aslida men uchun eng asosiysi, viloyatda hech kim Karimov noinsof odam deya olmaganidir. Aksincha, odamlar hozirgacha men haqimda insofli, vijdonli odam deb eslaydi. Bundan faxrlanaman!”

Islom Karimov fondi, shuningdek, Birinchi Prezidentning Qashqadaryo viloyat partiya komitetining birinchi kotibi bo‘lib ishlagan davri (1986-1989-yillar)ga oid eksklyuziv kadrlarni ham taqdim etdi.

 

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog