“Kunduzsiz kechalar” spektaklining sahna yuzini ko‘rganiga 20 yil bo‘ldi

O‘zbek Milliy akademik drama teatri sahnasida 18-may kuni O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim asari asosida sahnalashtirilgan “Kunduzsiz kechalar” spektakli namoyish etiladi, deya xabar bermoqda «Korrespondent O‘zbekiston» muxbiri.

Foto: O‘zbek Milliy akademik drama teatri

Buyuk asarlar zamon va makon tanlamaydi, aksincha vaqt bunday asarlar qadrini yanada oshirib boraveradi. Bu safar “Kunduzsiz kechalar”ning 600-namoyishi va sahna yuzini ko‘rganining 20 yilligi hamdir.

Asar olovqalb shoir Cho‘lponning go‘zal she’riyati va ziddiyatlarga to‘la hayoti haqida hikoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu asar “Andijon bahori”, “Sarhisob XX”, “Mustaqillik timsoli” kabi qator teatr san’ati festivallarida g‘olib bo‘lgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar