Kseniya Sobchak: «Qrim Ukrainaniki … nuqta …»

TV boshlovchisi Kseniya Sobchak Qrimni Ukraina hududi deb hisoblaydi.

Foto: Youtube

U bu bayonotni o‘zining birinchi matbuot anjumanida prezidentlikka nomzod bo‘lish niyatini e’lon qilganidan so‘ng ma’lum qildi.

«Xalqaro huquq nuqtai nazaridan Qrim Ukrainaniki hisoblanadi. Nuqta. Keling, muhokama qilaylik», –  dedi Sobchak.

Teleboshlovchi Rossiyaning Qrimga qarshi harakatlari xalqaro huquqga, xususan, Budapesht memorandumiga zid ekanini ta’kidladi.

Biz o‘z so‘zimizda turmadik, 1994-yilgi Budapesht memorandumini buzdik. Biz va’da qilganmiz va biz bu va’daga vafo qilmadik», – dedi Sobchak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qrim masalasi muzokaralarni davom ettirish va kelishuvlarni izlashni talab qiladi, chunki yarimorolda «Rossiyaga qo‘shilishni qo‘llab-quvvatlovchi fuqarolar ko‘p».

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar