Krishtianu Ronaldu: 100ta gol men uchun yetarli emas

Portugaliya milliy jamoasi UEFA Millatlar ligasi 2-turi doirasida safarda Shvetsiya ustidan 2:0 hisobida gʻalabaga erishdi. Oʻyindagi barcha gollarga portugaliyaliklar forvardi Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi va jamoasiga 3 ochkoni keltirdi. Bu haqda “Reuters” jahon axborot agentligi xabar berdi.

CR7 Portu
returs

Mazkur dubl “Yuventus” goleadori uchun milliy jamoa libosidagi 100 va 101-gollar sifatida qayd etildi. Shu tariqa Ronaldu koʻhna qitʼa milliy jamoalari orasida 100ta gol urgan ilk yevropalik futbolchiga aylandi. Hujumchi milliy jamoalar safidagi gollari soni boʻyicha jahon rekordchisi Eron milliy jamoasi afsonasi Ali Daiyga (109ta gol) yaqinlashmoqda. Ronaldu bor yoʻgʻi 8ta goldan soʻng yangi tarix yaratadi. Mazkur oʻyindan soʻng goleador “Instagram”dagi sahifasida oʻz fikrlarini yozib qoldirdi.

“Men 100ta gollik natijaga erishib, Portugaliya uchun 101ta gol urdim va mazkur tarixiy yutuqdan faxrlanaman. Lekin bu kamlik qiladi. Avval menga 100ta gol urishim mumkinligini aytishganida, bu yetarli emasligini aytganman. Chunki rekordlar oʻz-oʻzidan paydo boʻlishiga ishonaman”, – deydi Ronaldu.

Maʼlumot uchun, Ronaldudan keyingi Yevropadagi eng yaxshi natija Vengriya milliy jamoasi afsonasi Ferens Pushkashga tegishli edi – 84ta gol. Bundan tashqari, Krishtianu Portugaliya safida 165-oʻyinini oʻtkazdi. Unda Yevropa rekordini oʻrnatish uchun 11ta, jahon rekordini yangilash uchun 19ta oʻyin qoldi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog