Foto: Sports.uz

Kozimbek Mardonovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Professional boksning oʻrta vazn toifasida (72 kg) oʻz janglarini oʻtkazayotgan Kozimbek Mardonov ikkinchi jangini oʻzidan ancha tajribali boʻlgan raqibi Abel Nikolas Adrielga (23-21-3,5 KO) qarshi oʻtkazdi. “Rivalta Boxing” promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan, 6 raundlik qilib belgilangan bahs toʻliq davom etdi va Mardonov hakamlarning qaroriga koʻra gʻalaba qozondi.

Eʼtiborlisi, Mardonovning 3-jangi sanasi va raqibi ham maʼlum boʻlib ulgurgan. Unga koʻra, Mardonov 26 mart kuni Elie Augustamaga (6-15,3 KO) qarshi ringga koʻtariladi.

Eslatib oʻtamiz, Mardonov oʻzining debyut jangida Marselo Rubin Molinani 2-raundda muddatidan oldin magʻlub etgan holda, ilk gʻalabasini qoʻlga kiritgan edi.

Latest from Blog