Kosmosda reklama roligini tayyorlaydigan brend NASAga katta miqdorda pul toʻlaydi

Kosmetika sanoati giganti Estee Lauder NASAga Xalqaro kosmik stansiyasida brend reklamasini suratga olish uchun 128 ming dollar to’laydi.

Bloombergning xabar berishicha, kompaniya kosmik agentlikka o’zining 10 shisha ” Advanced Night Repair” teri zardobini orbitadagi kosmik stansiyasiga seshanba kuni Virjiniyadan uchadigan va shanba kuni qoʻnadigan parvozi uchun toʻlov qiladi.

Kosmonavtlarga mahsulotni “kupa” modulida, yaʼni Yer va kosmosning panoramali ko’rinishida suratga olish vazifasi yuklanadi .

NASA astronavtlar uchun soatiga 17500 dollar miqdorida “professional to’lov” oladi.

“Estee Lauder”ning aytishicha, olingan fotosuratlardan ijtimoiy tarmoqlarda foydalanish rejalashtirilmoqda, brendning Instagramdagi sahifasini 4 million kishi kuzatib boradi. Shishalardan biri kosmosda reklama uchun suratga olingach bahorda xayriya uchun kimoshdi savdosiga qo’yiladi.

“Biz kosmosga chiqqan birinchi goʻzallik brendi sifatida yetakchi ekanligimizdan xursandmiz”, deydi Estee Lauder Group prezidenti Stefan de La Faveri.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog