“Korzinka” rahbari oʻz biznesida Gulnora Karimovaning ulushi boʻlganini rad qildi

Oʻzbekistondagi “Korzinka” savdo tarmogʻi rahbari Zafar Hoshimov Gulnora Karimovaning oʻzi boshqarayotgan biznesda ulushi boʻlganini rad qildi. Oʻtgan hafta Karimovaning oʻgʻli Islom Karimov Oʻzbekiston prezidentiga murojaatida onasidan olingan aktivlar roʻyxatini keltirgandi.

Foto: yep.uz

Maktubda kichik Karimov “Korzinka” supermarketlar tarmogʻi ham onasi Gulnora Karimovaga tegishli boʻlganini iddao qilgandi.

“Kun.uz” nashri muxbiri bilan suhbatda “Korzinka” rahbari Zafar Hoshimov bu iddaoni rad qilgan. Hoshimov Gulnora Karimova bilan hech qachon tanish boʻlmaganini ham aytgan.

– Kichik Islom Karimov “Instagram”ga joylagan ochiq xatida men tomonimdan taʼsis etilgan, doim mening yakka tasarrufimda boʻlgan, salkam 25 yildan beri shaxsan oʻzim uzluksiz boshqarib kelayotgan korxonada goʻyo uning onasining ulushi boʻlgan, degan gapni oʻqib juda taajjublandim. Chunki bu gapda hech qanday asos, daʼvoda zarracha haqiqat yoʻq va hech qachon boʻlmagan, — degan Hoshimov.

Bosh prokuratura Karimovaning davlat va odamlarga keltirgan zarari 1 trln 270 mlrd 200 mln soʻm, 1 mlrd 651,8 mln AQSH dollari, 26,1 mln yevro miqdorida deb baholagan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog