Koronavirusga chalingan Qashqadaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshligʻi vafot etdi

23-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi Azizov Sirojiddin Olmasovich koronavirusga chalinish oqibatida 45 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat maʼmuriyati matbuot xizmati xabar qildi.

Sirojiddin Azizov viloyat hokimi oʻrinbosari sifatida ham faoliyat koʻrsatgan.

Xabarda qayd etilishicha, marhum joriy yil 27-aprel kuni Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilgan kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, Sirdaryo viloyatida “Sardoba” suv omboridagi toshqindan jabr koʻrgan hududda olib borilgan qurilish-taʼmirlash ishlariga koʻmaklashgan edi.

Korrespondent.uz tahririyati marhumning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog