Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva koronavirus bilan og‘rib tuzalgan bemorlar vaksina olishlari zarurligi borasidagi savolga javob berdi.

“Ba’zi ilmiy tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, koronavirus bilan og‘rib tuzalgan bemorlar vaksina olishi shart emas. Kasallikdan tuzalganlarda qonda antitana mavjudligini tekshirish lozim. Agar COVID-19’ga qarshi antitana mavjud bo‘lsa, bu holatda vaksinatsiya o‘tkazish zarur bo‘lmaydi”, — deydi mutaxassis.