Foto: Interfax.uz

Koronavirus: O‘zbekistonda yangi holatlar yana ko‘paydi. Bir kishi vafot etdi

/

Joriy yilning 7 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 105 nafarga ortib, 84 322 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

7-aprel kuni yana 195 kishi koronavirusga chalindi. Ularning 132 nafari Toshkent shahrida. Bu bilan Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84322 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 50 mingga yaqini Toshkentda aniqlangan.

Kasallikdan sogʻayganlar jami 82234 nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1454 nafar bemordan 229 nafari ogʻir, 104 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Latest from Blog