COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar roʻyxatiga, (https://lex.uz/docs/4906214) Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentyabrdagi 582-son Qarori (https://t.me/uzpharm_media/416) bilan oʻzgartirish kiritilib, roʻyxatga:
Gripp vaksinasi (OʻRVI),
Koronavirus vaksinasi (COVID-19),
Pnevmokokk vaksinasi,
Bariya sulfat (Barii sulfas),
Pankuroniya bromid / Pipekuroniya bromid / Atrakuriya besilat,
Sefepim + tazobaktam,
Nitroglitserin qoʻshildi.