Koronavirus bemorlari soni 2691 nafarga yetdi

16 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2691 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 1 nafari xorijdan kelgan fuqaroda aniqlangan. U xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, shu yil 14 may kuni Rossiyadan kelgan. Shuningdek, kasallik 4 nafar oldindan karantinda bo‘lgan navoiylik fuqaroda aniqlangan.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 522 kishi davolanmoqda, 8 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

Ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Ularning 16 mingdan ortiqrog‘i statsionar sharoitida, qolgan 32 ming nafari uy sharoitida karantin tadbirlari bilan qamrab olingan.

Shuningdek, Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda 474 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazildi. Kechagi kunning o‘zida 15 mingdan ko‘proq virusologik tekshirishlar o‘tkazildi, dedi Nurmat Otabekov.

Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni hozirda 2158 kishini tashkil etmoqda. O‘n bir kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog