Koreyalik sayyoh O‘zbekistonga sayohat qilish haqida kitob chop etdi

//

 

Koreyada O‘zbekistonga sayohat qilish haqidagi juda qalin kitob chop etildi. Kitob muallifi yozuvchi Chve Hi Yong Koreyaning O‘zbekiston haqidagi ‘UzKor Economy’ jurnali jurnalistidir.

Foto: blog.naver.com

U 2018-yil davomida O‘zbekistonga 6 marotaba sayohat qildi. Sayohatlari davomiga uning O‘zbekistonga bo’lgan qiziqishi va mubabbati ortib bordi. Shu sababli Koreya kitobxon ommasiga O’zbekistonni keng yoritish maqsadida ushbu kitobni yozdi.

Kitobning prolog qismida O‘zbekistonda 2018-yilning fevral oyida joriy qilingan vizasiz tashrif tizimi kabi turizm soahsida yuz bergan eng songgi yangilik va ozgarishlar bilan tanishasiz.

Foto: blog.naver.com

Birinchi bob Toshkent, Xiva, Buxoro, Samarqand, Jizzah, Shahrisabz, Fargona, Termiz kabi O‘zbekistonning asosiy tarixiy turistik shaharlaridagi e’tiborga sazovor joylar bilan tanishishga bag‘ishlangan.

Kitobning ikkinchi bobida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga bo‘lgan rasmiy davlat tashrifidan keyingi ikki mamlakat tadbirkor doiralarining sayohatlari haqida batafsil hikoya qilinadi.

Foto: blog.naver.com

Muallif Chve Hi Yong mazkur kitobi orqali Koreyadagi barcha odamlar qardosh mamlakat bolib qolgan O‘zbekistonni yanada yaxshiroq bilishlarini xohlashini aytdi.

Shuningdek, yanada ko‘proq koreyalik turistlar O‘zbekistonga sayohatga borishlari uchun uning turistik salohiyatini namoyon qilish maqsadida ushbu kitobni yozdim deydi.

Kitob 10 ming adadda nashr etilgan bo‘lib, 464 betdan iborat.

Latest from Blog