Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari o‘zbekistonlik talabalarga ma’ruza o‘qidi

Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Kim Dong Yon O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkent shahridagi Inha universitetida poytaxtdagi sakkiz oliy o‘quv yurtidan kelgan talabalarga ma’ruza o‘qidi.

Foto: koreajoongangdaily.joins.com

Ma’ruzada O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, davlat tashkilotlari va muassasalari, mahalliy korxonalar vakillari ham ishtirok etdi.

Kim Dong Yon yosh avlodning sifatli ta’lim olishi va professional ko‘nikmalarni egallashi g‘oyat muhim bo‘lib, ular yoshlarning kelgusida ishga joylashishi va shaxsiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishida ulkan ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, Janubiy Koreya ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlari hamda ushbu tizimga joriy etilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xususida so‘zlab berdi.

Ma’ruza davomida Kim Dong Yon Janubiy Koreya iqtisodiyotining barcha sohalariga faol tatbiq etilayotgan innovatsiyalar ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi. Jamiyat va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun yaratilayotgan zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlari haqida ham so‘z yuritdi.

Kim Dong Yon Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrifi yakunida mazkur oliy o‘quv yurtining faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar