/

Koloradodagi otishmada oʻlganlar soni oʻntaga yetdi

Foto: Iz

AQShning Kolorado shtati, Boulder shahrida joylashgan King Soopers supermarketida yuz bergan otishmada oʻn kishi halok boʻldi.

Boulder politsiyasi boshligʻi Maris Xerold matbuot anjumanida aytganidek, King Soopers supermarketidagi otishmada 10 kishi, shu jumladan Boulder politsiyachisi halok boʻldi.

Avvalroq, Boulder politsiya boʻlimi qoʻmondoni Kerri Yamaguchi matbuot anjumani paytida King Suopers-ga otishma natijasida “bir necha kishi”, shu jumladan bitta politsiyachi halok boʻlganini aytgan edi.

Uning soʻzlariga koʻra, huquqni muhofaza qilish organlarining tezkor choralari koʻproq oʻlimlarning oldini olishga yordam berdi.

Shuningdek, u jamoat xavfsizligiga boshqa tahdid yoʻqligini taʼkidladi.

“Gumonlanuvchi hibsga olingan, voqea paytida u jarohat olgan”, — deya qoʻshimcha qildi Yamaguchi.

Oʻz navbatida, Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining soʻzlariga koʻra, ushbu hodisa haqida AQSh prezidenti Jo Baydenga xabar berilgan.

“Prezidentga Kolorado shtatidagi otishma haqida maʼlumot berildi va voqealar rivoji bilan uning jamoasi xabardor qilib turadi”, — deb yozadi Psaki tvitterda.

Avvalroq, mahalliy OAV Boulderdagi King Soopers oziq-ovqat doʻkonida sodir boʻlgan otishmada kamida olti kishi, shu jumladan bitta politsiyachi halok boʻlganligi haqida xabar bergan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog