Foto: Task & Purpose

Kobul aeroporti samolyotlarni uchish-qoʻnishini toʻxtatdi

/

Hamid Karzay nomidagi Kobul xalqaro aeroporti fuqarolik reyslarini toʻxtatishini eʼlon qildi.

Aeroport maʼmuriyati yoʻlovchilarni “talonchilik va tartibsizliklarning oldini olish uchun” kelmaslikka chaqirdi, deya xabar beradi mahalliy matbuot.

Yakshanba kuni AQSh harbiylariga asoslanib, Kobul xalqaro aeroporti tijorat reyslarini qabul qilishni toʻxtatgani haqida xabarlar paydo boʻldi. Oʻsha kuni Tolibon bosib olgan mamlakatni tark etishni istagan minglab odamlar aeroportga borishdi.

Avvalroq Afgʻonistondagi Amerika elchixonasi xodimlarining yarmidan koʻpi Kobuldagi diplomatik missiya binosini tark etgani haqida xabar berilgan edi. Ular orasida AQShning Afgʻonistondagi muvaqqat ishlar vakili Ross Uilson ham bor. U hozir Afgʻoniston zaminidagi eng yuqori martabali Amerika diplomatidir.

CNN telekanalining xabar berishicha, AQSh elchixonasi xodimlari AQSh bayrogʻini oʻzlari bilan birga elchixonadan aeroportga olib ketishgan.

Yakshanba kuni Kobul xalqaro aeroporti tijorat reyslarini qabul qilishni toʻxtatdi. Shuningdek, baʼzi aviakompaniyalar oʻz yoʻnalishlarini oʻzgartirishga va Afgʻoniston havo hududida parvozlarni toʻxtatishga qaror qilgani maʼlum boʻldi.

Latest from Blog