Foto: Global Finans BEST

“Koʻchmanchilar oʻlkasi” filmi eng yaxshi film sifatida “Oskar” oldi

Los-Anjelesda Amerika kinoakademiyasining “Oskar” mukofotining 93-taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Uning rejissyori Xloya Chjaoga eng yaxshi rejissyorlik yoʻnalishida oltin statuetka topshirildi.

U AQSHda etnik kamchilikka mansub boʻlaturib rejissyorlik ishi uchun “Oskar” olgan ilk ayol boʻldi, shuningdek, tarixda “Oskar” olgan ikkinchi ayol rejissyorga aylandi. 2009-yilda “The Hurt Locker” (“Boʻronlar egasi”/“Povelitel buri”) filmi uchun eng yaxshi rejissyor sifatida taqdirlangan Ketrin Bigelou bu borada birinchi boʻlgandi.

“Koʻchmanchilar oʻlkasi” moliyaviy inqiroz davrida Amerika boʻylab safarga chiqishga va furgonda yashashga qaror qilgan beva ayol tarixini hikoya qiladi. Bosh qahramon ijrochisi Frensis Makdormand ham eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida “Oskar”ni qoʻlga kiritdi va “Koʻchmanchilar oʻlkasi” kinoakademiyaning asosiy mukofotlarini oʻziniki qilib, “Oskar”-2021 triumfatoriga aylandi.

Shuningdek, eng yaxshi aktyor nominatsiyasi boʻyicha “Oskar” “The Father” (“Ota”) filmida bosh rolni oʻynagan (demensiyadan aziyat chekuvchi qahramon) 83 yoshli Entoni Hopkinsga berildi. Ser Entoni Hopkins bu yoʻnalishda mukofotni qoʻlga kiritgan eng keksa aktyorga aylandi. Kinotanqidchilar bu nominatsiya boʻyicha “Oskar” oʻtgan yil yozida saratondan vafot etgan Chedvik Bouzmanga “Ma Raineyʼs Black Bottom” (“Ma Reyni: Blyuzning onasi”) filmidagi roli uchun berilishini kutishgandi.

Hopkins marosimga kela olmadi, mukofotni uning nomidan Hoakin Feniks qabul qilib oldi.

“Oskar”-2021:
Eng yaxshi rejissyor: Xloya Chjao — “Nomadland” (“Koʻchmanchilar oʻlkasi”/“Zemlya kochevnikov”)

Eng yaxshi film: “Nomadland” — (“Koʻchmanchilar oʻlkasi”/“Zemlya kochevnikov”)

Eng yaxshi aktrisa: Frensis Makdormand — “Nomadland” (“Koʻchmanchilar oʻlkasi”/“Zemlya kochevnikov”)

Eng yaxshi aktyor: Entoni Hopkins — “The Father” (“Ota”/“Otes”)

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Deniel Kaluya — “Judas and the Black Messiah” (“Iuda va qora Masih”/“Iuda i chernыy messiya”)

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Yun Yo Chjon — “Minari” (“Minari”)

Xorij tilidagi eng yaxshi film: “Druk” (“Yana bittadan”/“Yeщye po odnoy”) daniyalik rejissyor Tomas Vinterbergga

Eng yaxshi original ssenariy: Emerald Fennel — “Promising Young Woman” (“Umidli qiz”/“Devushka, podayuщaya nadejdы”)

Eng yaxshi qisqa metrajli film: “Two Distant Strangers” (“Ikki notanish musofir”/“Dva dalekix neznakomsa”)

Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film: “If Anything Happens I Love You” (“Nima boʻlganda ham seni sevaman”/“Yesli chto-to sluchitsya, ya lyublyu vas”)

Eng yaxshi adaptatsiya qilingan ssenariy: “The Father” (“Ota”/“Otes”) fransuz yozuvchisi va dramaturg Florian Zellerga

Eng yaxshi animatsion film: “Soul” (“Qalb”/“Dusha”)

Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film: “Colette” (“Kolett”)

Eng yaxshi hujjatli film: “My Octopus Teacher” (“Mening sakkizoyoq oʻqituvchim”/“Moy uchitel-osminog”)

Eng yaxshi postanovkachi rassom ishi: “Mank” (“Mank”) amerikalik rejissyor Devid Fincherga

Eng yaxshi vizual effektlar: “Tenet” (“Dalil”/“Dovod”)

“Oskar” mukofotlarini topshirish marosimi odatda 28-fevral kuni oʻtkazilardi, bu yil koronavirus pandemiyasi tufayli 25-aprelga koʻchirilgandi. Bu pandemiya boshlanganidan buyon virtual rejimda emas, boshlovchilar va mehmonlar ishtirokida oʻtkazilgan ilk marosim boʻldi.

Dunyoning eng nufuzli taqdirlash marosimi bu safar odatdagi kabi Dolby kinoteatrida emas, Los-Anjeles temir yoʻl vokzali — Union Stationʼda oʻtkazildi.

Barcha nomzodlar ham Amerikaga shaxsan kela olishmadi, ular uchun Yevropada bir necha maydonlar tashkil etildi — Parij va Londonda. Ijtimoiy masofa saqlanishi oson boʻlishi uchun mehmonlar oʻtiradigan joylar bir necha qismga boʻlindi.

Tashkilotchilar marosim barcha ishtirokchilar uchun xavfsiz boʻlishini taʼminlashga harakat qilishdi — mehmonlar roʻyxati cheklandi, kelganlarning barchasi niqoblarda oʻtirishdi — niqobni faqat nomzod nutq soʻzlayotganida yechishga ruxsat berildi.

73 yoshli Yun Yo Chjon ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida (“Minari”) “Oskar” olgan ilk koreyalik boʻldi. U sahnaga chiqqanidan keyin internet yulduziga aylandi. Aktrisa mukofotni Bred Pittdan qabul qilib oldi, u oʻz nutqini shunday boshladi: “Mister Bred Pitt, siz bilan tanishganimdan xursandman. Nihoyat!”

Bu marosim kovid davrida mukofotlar onlayn emas, jonli ravishda topshirilgan ilk marosim boʻldi. Koʻplab muxlislar undan avvalgi yillardagi kabi yorqin emotsiyalar kutishgandi, ammo ularning ishonchi toʻliq oqlanmadi — tomoshabinlar ham, jurnalistlar ham bu shou tarixdagi eng zerikarlilaridan biri boʻlganini aytishmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar