Klara Jalilova 82 yoshida vafot etdi

1 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, “Doʻstlik” ordeni sohibasi Klara Jalilova 1937-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Aktrisa faoliyatini qoʻshiqchilikdan boshlagan. 1958-yilda suratga olingan “Maftuningman” filmidagi bosh qahramon – Yulduzxon obrazi aktrisaga olamshumul mashhurlik olib kelgan.

Klara Jalilova “Chinor ostidagi duel”, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Kulol va xumcha”, “Soʻnggi lahza” kabi filmlarda ham esda qolarli obrazlar yaratgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog