Kichik halqa yoʻlidan Fargʻona yoʻliga oʻtuvchi qismi 10-iyulgacha yopiladi

Toshshahartransxizmat matbuot-xizmati Kichik halqa yoʻlidan Fargʻona yoʻliga olib oʻtuvchi qismi vaqtincha yopilishi haqida eʼlon qildi.

Foto: nuz.uz

“Kichik halqa yoʻlidan Fargʻona yoʻliga oʻtuvchi qismida yoʻl oʻtkazmasi qurilishi munosabati bilan 2017 yil 18-iyundan 10-iyulgacha kichik halqa yoʻlidan oʻtuvchi qismi, transport harakati uchun vaqtinchalik yopiladi”, — deyilgan xabarda.

Qurilish davrida 12, 26, 37, 68, 81, 93, 127-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati Sarakul, Mehrijon va Qoʻshkoʻprik koʻchalari orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishida davom ettiradi.

Kompaniya yuzaga keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻragan.

Latest from Blog