Kelgusi yilda O‘zbekistonda gidroenergetika sohasi bo`yicha yirik tadbir bo‘lib o‘tadi

Gidroenergetika sohasida Kaspiy va Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida beshinchi marotaba o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Kaspiy va O‘rta Osiyoda gidroelektrostansiyalarni qurish va modernizatsiya qilish” mavzuida xalqaro kongress oldidan tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur kongressda 150 dan ortiq davlatlar ishtirok etadi. O‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yirik kongress tadbiri keyingi yilning fevral-mart oyida o‘tkazilishi mo‘ljallangan bo‘lib, bu yirik tadbir O‘zbekistonda ilk marotaba bo‘lib o‘tadi.
O`zbekiston gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi yangi innovatsion texnologiyalar hamda sohaga xorijiy investorlarni jalb qilish hamda olib borilayotgan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida kongressda har yili ishtirok etib keladi.
Konferensiya quyidagi yo‘nalashlarda o‘z ishini olib boradi. Bular:
– yangi yirik va o‘rta gidroelektr stansiyalarini qurish tajribalari;
– Mavjud GESlarni modernizatsiya qilish borasidagi amaliy ishlar;
– Kichik va mikro GESlarni qurish;
– Ishlayotgan gidroelektr stansiyalarini raqamlashtirish;
– GES uskunalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash ishlab chiqarish aktivlarini samarali boshqarish tizimlari;
– GESlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish strategiyasini ishlab chiqish va optimallashtirish;
– Obyektlarni diagnostika qilish va monitoring qilish tizimini takomillashtirish;
– ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi yo‘nalishlardir.
Tadbir oldi bo‘lib o‘tgan onlayn uchrashuvda Xorijiy moliya tashkilotlari bilan ishlash, loyihalarning TIAni tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlashni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i Hasan Hasanov ishtirok etib, tadbirga tayyorgarlik ishlari hamda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan sohada olib borilayotgan investitsiyaviy loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Konferensiya ishtirokchilariga tizimda amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli loyihalar, jumladan, joriy yil ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan “Qamchiq” kichik GES, “Zarchob” GES-1 hamda hozirda loyiha qidiruv ishlari olib borilayotgan yangi yirik “Mullalak” GESi to‘g‘risida “ham atroflicha ma’lumot berildi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog