Kattaqoʻrgʻonda bosqinchilik sodir etgan shaxslar aniqlandi

2020-yilning 25-aprel kuni soat 00:15 da ikki nafar nomaʼlum shaxslar bosh va qoʻllariga niqob kiyib, temir jism va yogʻoch tayoq bilan qurollanib, Kattaqoʻrgʻon tumani Mundiyon mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoniga qarovsiz holdagi, qurilishi tugallanmagan qoʻshnining uyi devoridan oshib, gʻayriqonuniy ravishda kirgan.

0011 Kattaqoʻrgʻonda bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxslar aniqlandi

Yotoqxonada uxlab yotgan fuqaroga hujum qilib, qoʻllaridagi temir jism va yogʻoch tayoq bilan uning boshi va tanasining boshqa sohalariga bir necha marotaba urib, hayot uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatib, uyning yonida joylashgan xususiy doʻkoniga olib chiqib, doʻkon kassasida boʻlgan 2,5 million soʻm pullarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tergov davomida mazkur jinoyatni muqaddam Rossiya Federatsiyasida bosqinchilik jinoyati uchun sudlangan 27 va 28 yoshli shaxslar sodir etganliklari aniqlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida gumondorlardan biri jinoyat sodir etgan kuni oʻzining qoʻlidagi temir jism — mix sugʻirgichni ariqqa tashlab yuborganligini koʻrsatib oʻtgan. Shunday qilib, u koʻrsatgan joydan ashyoviy dalil tariqasida qoʻlqoplar va bir dona mix sugʻirgich protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Ayni vaqtda bosqinchilikni amalga oshirgan shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog