Foto: FVV

Katta Fargʻona kanaliga choʻkib ketgan 13 yoshli sportchi bolaning jasadi topildi

Avvalroq, Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida yashagan 13 yoshli Umidjon Abdusattorov 5-mart kuni ehtiyotsizlik oqibatida shu hududdan oqib oʻtuvchi Katta Fargʻona kanaliga choʻkib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Hodisa joyida qidiruv ishlari olib borilib, bugun, 8-mart kuni uning jonsiz tanasi Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus mintaqaviy qidiruv-qutqaruv otryadi gʻavvoslari tomonidan hodisa sodir boʻlgan joydan 1 200 metr uzoqlikda 2 metr chuqurlikdan topildi. Hozirda unga nisbatan belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ham har kuni vaziyatni nazorat qilib borgan.

Maʼlum qilinishicha, 22-umumtaʼlim maktabining 6-sinf oʻquvchisi boʻlgan bola shu yerda joylashgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bazasi mashgʻulotlariga qatnashgan.

Latest from Blog