Kataloniya klubi “Norvich” himoyachisi bilan kelishuvga erishdi

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Norvich” himoyachisi Maksimilian Aarons bilan 5 yillik shartnoma tuzish borasida kelishuvga erishdi, deb xabar beradi “Sport.es”.

metaratings.ru

Maʼlumotga koʻra, ingliz klubi 20 yoshli tarbiyalanuvchisini bonuslar bilan qoʻshganda 30 mln yevroga baholamoqda, ammo narxni ozroq tushirishi ham mumkin.
Maʼlumot uchun, 2019-yili Aarons “Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman bilan uchrashgan, oʻshanda niderlandiyalik mutaxassis futbolchiga uning oʻyinlaridan hayratda ekanligini aytgan.
Eslatib oʻtamiz, ingliz himoyachisi Maksimilian Aarons oʻtgan mavsumda APLda 36ta oʻyinda maydonga tushib, 1ta golga asistentlik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2024-yilgacha moʻljallangan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog