Foto: Trolleybus Urban Development

Kanada parlamenti Xitoyni uygʻurlarni genotsid qilayotganlikda aybladi

/

Kanada parlamentining quyi palatasi Xitoy uygʻurlarga qarshi genotsid sodir etmoqda, deb hisoblaydi.

22-fevral kuni Xitoydagi uygʻurlar “genotsidga duchor boʻlgani va duchor boʻlayotgani” haqidagi rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi.

Kanada parlamenti, shuningdek, uygʻurlarga nisbatan shafqatsiz munosabat oʻzgarmasa, 2022-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarini Pekindan boshqa joyga koʻchirishni talab qiluvchi rezolyutsiyani ham qabul qildi.

Oʻtgan haftada Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Shinjonda sodir etilayotgan qonunbuzarliklar haqida koʻplab xabar kelayotganini aytgan edi. Shinjonda Xitoy hukumati kamida 1 million uygʻurni va boshqa musulmon xalqlarni qamoq-lagerlarda ushlab turgani aytiladi.

Yanvar oyida AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati ham Xitoy Shinjonda uygʻurlarga nisbatan “genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar” sodir etgan, deb topgan edi.

Yangi prezident Jo Bayden maʼmuriyati bu bayonotni qoʻllagan va Xitoy uygʻurlarni genotsid qilayotganini tan olishini bildirgan.

Xitoy bu lagerlar diniy ekstremizmni yoʻq qilish va odamlarni hunarga oʻrgatish maqsadida tuzilganini iddao qilib keladi.

Latest from Blog