Foto: https://twitter.com/uzembassydc

Kamilov Pauer bilan Afg‘onistondagi vaziyat, koronavirusga qarshi kurash va saylovlarni muhokama qildi

21-sentyabr kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer bilan muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, suhbat chogʻida Oʻzbekiston va USAID oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi. Afgʻonistondagi vaziyat va mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish boʻyicha zarur yordam koʻrsatishning ahamiyati xususida fikr almashildi.

 

Shuningdek, mamlakatda sogʻliqni saqlash, taʼlim, qishloq xoʻjaligi sohasidagi dasturlarni amalga oshirish, sud-huquq tizimini takomillashtirish, Oʻzbekistonning COVID-19ʼga qarshi kurashini qoʻllab-quvvatlash borasidagi hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

USAID xabariga koʻra, Abdulaziz Kamilov va Samanta Pauer bir oy ichida boʻlib oʻtadigan “Oʻzbekistonda erkin va adolatli prezidentlik saylovlarining ahamiyatini muhokama qildilar”.

Avvalroq, USAID maʼmuri Samanta Pauer Oʻzbekistonga tashrif buyurishi haqidagi rejalarini maʼlum qilgan edi. Uning taʼkidlashicha, AQSh prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston” haqidagi qarashlarini olqishlaydi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar