Foto: Armenia Today

Kafeda jurnalistga hujum qilgan vazir iste’fo berdi

/

18-mart kuni Yerevandagi kafelardan birida jurnalistga hujum qilgani aytilgan Armaniston yuqori texnologiyalar sanoati vaziri Akop Arshakyan iste’foga chiqishini e’lon qildi.

«Hurmatli vatandoshlar. Bugun mening vazir lavozimidagi so‘nggi ish kunim. Armaniston Respublikasi fuqarosi sifatida mansabdor shaxsning har qanday fuqaroga nisbatan zo‘ravonlik ishlatishini nomaqbul deb bilaman, biz zo‘ravonliklarsiz jamiyat qurish yo‘lidan borishimiz kerak», — deb yozgan Arshakyan Facebook sahifasida.

Vazir mamlakatning xalqaro maydondagi vakili bo‘lgan yuqori lavozimli amaldor sifatida u o‘z tajribasi bilan jamiyat uchun o‘rnak bo‘lishga majbur ekanligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni jurnalist Paylak Fagradyan kafeda bo‘lib turgan vazirga savol bilan murojaat qilgan. Uning savoli vazirning g‘azabini qo‘zg‘atgan va natijada janjalda jurnalistning kompyuteri ham zararlangan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar