Kadastr hujjatini rasmiylashtirish boʻyicha muhim hujjat qabul qilindi

Amaliyotda koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda ham ularga nisbatan texnik kadastr yigʻmajildlarini rasmiylashtirilgan boʻlib, jismoniy va yuridik shaxslar mazkur yigʻmajildlarni koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi hujjat deb hisoblashlari oqibatida turli tushunmovchiliklar kelib chiqqan.

Yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida Davergeodezkadastr qoʻmitasi tomonidan muhim hujjat qabul qilindi.

Qoʻmita axborot xizmati xabar berishicha, unga koʻra:

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kadastr yigʻmajildi tayyorlash uchun ariza berish bilan murojaat qilinganda, agarda koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinmasa kadastr yigʻmajildi tayyorlash umuman taqiqlandi;

Inventarizatsiya ishlari amalga oshirilgan, biroq yer uchastkasi, qurilgan bino va inshootlarga huquq tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan holda, inventarizatsiya natijalari axborot tizimida shakllantirilib, arizachiga faqatgina koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi maʼlumot taqdim etish amaliyoti joriy etildi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog