JSST koronavirusdan oʻlganlarning statistikasiga shubha bildirdi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan koronavirus bilan bogʻliq oʻlim holatlarining soni rasmiy maʼlumotlardan koʻra, kamroq boʻlishi mumkinligini maʼlum qildi. Bu haqda “Ria.ru” sayti xabar berdi.

Foto: Rbc.ru

“Ehtimol, bu hisob-kitoblar mukammal emasdir. Bu raqamlar koronavirus bilan bogʻliq barcha holatlarini oʻz ichiga olmaydi deb taxmin qilish mumkin”, dedi Rayan onlayn brifingda.

Eslatib oʻtamiz, JSST 11-mart kuni yangi koronavirus tarqalishi oqibatida pandemiya eʼlon qildi.

Maʼlumot uchun, COVID-19 qurbonlari soni bugunga kelib bir milliondan oshib ketgan. Dunyo boʻylab 33,5 milliondan ziyod kishi koronavirus yuqtirib olgan. “Worldometers” maʼlumotlariga koʻra, eng koʻp oʻlim AQSH (209 ming), Braziliya (142 ming) va Hindistonda (96 ming) qayd etilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog