JSST: Covid-19ning muhim mutatsiyalari qayd etilmadi. Bu yaxshimi, yomon?

Foto: Yandex.ru

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus genomida sezilarli mutatsiyalarni qayd etmadi. Bu infeksiyaning zaiflashishini anglatadi.

Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa vakolatxonasining favqulodda vaziyatlar boʻyicha katta mutaxassisi Ketrin Smolvudga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Biz Covid-19 virusining mumkin boʻlgan mutatsiyalarini oʻrganadigan koʻplab virusologik hujjatlar va izlanishlardan xabardormiz… Hozirga qadar tarqalgan virusda sezilarli oʻzgarishlarni koʻrmadik», deydi Smolvud.

Uning qoʻshimcha qilishicha, tashkilot “Covid-19”ni klinik koʻrinishi va toʻgʻridan-toʻgʻri virusologik jihati boʻyicha chuqur oʻrganishlarni davom ettirmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog