Foto: Abt.uz

Joriy yilda test sinovi topshiriladigan fanlar tasdiqlandi

2021-2022-oʻquv yili uchun respublika OTMlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bu yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi. Maksimal ball – 280,5. Test sinovlarida ishtirok etadigan barcha abituriyentlar uchun majburiy fanlar — ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa), matematika va Oʻzbekiston tarixi — 15 tadan savollarni (jami 45 ta) oʻz ichiga olgan boʻlib, ularning har biriga 2,1 ball beriladi. Bitta fan boʻyicha abituriyent maksimal 31,5 ball, majburiy fanlarning barcha bloki uchun 94,5 ball toʻplashi mumkin.

Bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha test yana ikkita fan boʻyicha oʻtkaziladi, ularning har birida 30 ta savol mavjud. Abituriyent har bir toʻgʻri javob uchun 3,1 ball, maksimal bir fan boʻyicha — 93 ball, fanlarning barcha bloki uchun — 186 ball olishi mumkin.

Fanlar majmuasi va baholash mezonlari bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

Latest from Blog