Jo Bayden rasman AQSh prezidentligiga nomzod boʻldi

AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden Demokratik partiyaning 2020-yil 3-noyabrdagi saylovlarda prezidentlikka nomzod boʻlish taklifini qabul qildi.

Foto: Reuters

“Bu men uchun katta sharaf, men AQSh prezidentligiga nomzod boʻlish taklifini qabul qilaman”, dedi Bayden partiya qurultoyida.

Chorshanba kuni Kongress Baydenni prezidentlikka nomzod qilib sayladi, ammo sobiq vitse-prezident rasmiy ravishda nomzod sifatida koʻrsatilishiga rozilik berishi kerak edi. 2020-yil 3-noyabrdagi saylovlarda Bayden AQSh prezidentligi uchun amaldagi davlat rahbari Respublikachilar partiyasidan vakili Donald Tramp bilan kurashadi.

Kongress delegatlariga qilgan chiqishida Bayden Trampni aholini tarqoqlikda, qoʻrquvni keltirib chiqargan, tajovuzni kuchaytirganlikda aybladi va natijada Amerika “zulmatga tushib qoldi”, dedi.

Bayden hozirgi paytda mamlakatda ishsizlik koʻpayayotganini, oligarxlar boyib ketayotgan paytda aholining katta qismi qashshoqlashayotganini taʼkidladi. Bundan tashqari, sobiq vitse-prezident Trampni mamlakatda koronavirus tarqalishiga olib kelgan Amerika sogʻliqni saqlash tizimini buzishda aybladi. Uning soʻzlariga koʻra, “hozirgi prezident millat oldidagi eng muhim vazifasini bajarmadi: u bizni himoya qila olmadi”.

Bayden, shuningdek, Amerika saylovlariga chet el aralashuviga yoʻl qoʻymasligini vaʼda qildi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog