Jizzaxdagi zavodda KIA avtomobillari ishlab chiqariladi

Shu yilning noyabr oyidan Jizzaxdagi yangi zavodda KIA K5 va Seltos modellarini ishlab chiqarish ishlari boshlanadi. Bu haqda “Gazeta.uz” nashri xabar bermoqda.

KIA K5
KIA Motors

Qayd etilishicha, kelgusida jahon brendlarining boshqa modellarini ham ishlab chiqarishi kutilayotgan ADM-Jizzakh zavodining ishlab chiqarish quvvati birinchi bosqichda yiliga 25 000 avtomobilni, keyinchalik esa 100 000 avtomobilni tashkil etishi rejalashtirilgan.

Zavod avval-boshdanoq multibrendli xususiyatga ega boʻlishi koʻzda tutilgan — kelgusida u yerda jahonga mashhur qator brendlar avtomobillarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar hamkor dilerlik tarmoqlari orqali MDH davlatlariga eksport qilinadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog