Jizzaxda fuqaro oʻz pochchasini oʻldirib jasadini kanalga tashlab yubordi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Qizlartepa mahalla fuqarolar yigʻini hududidan oqib oʻtuvchi kanaldan tan jarohatlari yetkazilgan jasad topildi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Marhum Sharof Rashidov tumani Sovungarlik mahallasida yashagan, 1978-yilda tugʻilgan, kirakashlik bilan shugʻullangan U.X. boʻlib chiqdi. Sud tibbiy ekspertiza oʻlimga bosh miya sohasining yopiq jarohati hamda miya toʻqimalariga qon quyilishi sabab boʻlganligini koʻrsatdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor surishtiruvlar natijasida jinoyatni u bilan birga istiqomat qiluvchi, qaynisi, 1993-yilda tugʻilgan S.A. sodir etganligi aniqlandi. Ayblanuvchi janjal tufayli pochchasini oʻldirib qoʻygan va jasadni marhumga tegishli avtomashinada kanalga olib borib tashlagan. Avtoulovni esa koʻzdan pana joyda qoldirgan.

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ayni vaqtda S.A. hibsxonada.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog