Foto: Cancan

Jizzaxda 2 nafar homilador ayol shifokor hamda hamshira masʼuliyatsizligi sabab vafot etdi

Baxmal tumanida yashovchi homilador E.Z. hamda Z.I 2020-yilda dispanser nazoratiga olingan boʻlsa-da, hududga masʼul patronaj hamshirasi va umumiy amaliyot shifokori tomonidan toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmagan. Bu haqda prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, ularda aniqlangan kasalliklarni oʻz vaqtida davolash choralari koʻrilmaganligi oqibatida ular 2021-yil aprel oyida Jizzax viloyat perinatal markazida vafot etgan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan mutaxassislarni jalb qilgan holda Baxmal tumanida homilador ayollarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat ahvoli oʻrganilganda, tumanda 2020-yilda 725 nafar homilador ayol kech hisobga olinganligi, 85 nafari umuman skrining tekshiruvlaridan oʻtkazilmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, birlamchi skrining tekshiruvidan oʻtib xavf guruhi aniqlangan homiladorlardan irsiy kasalliklarni aniqlash (PAPP) uchun 2020-yil 6 oyi davomida qon namunalari umuman olinmagan.

Tekshirish yakuni bilan viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.

Yuqorida qayd qilingan 2 nafar ona oʻlimi holati yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Latest from Blog